Bugun 23 noyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Rossiyaning Dneprga hujumi “Kedr” raketa tizimi vositasida amalga oshirilgan — Ukraina Mudofaa vazirligining Bosh razvedka boshqarmasi rahbari

Rossiyaning Dneprga hujumi “Kedr” raketa tizimi vositasida amalga oshirilgan — Ukraina Mudofaa vazirligining Bosh razvedka boshqarmasi rahbari

Budanovning fikricha, Dneprga qilingan hujum Rossiya rahbariyatidagilar butunlay aqldan ozganini ko‘rsatadi.

"Bu yadro qurolini tashuvchi o‘rta masofaga uchuvchi ballistik raketa. “Oreshnik” tadqiqot ishining nomi, tizimning o‘zi esa “Kedr” deb ataladi. Rossiya oktabr oyi holatiga ko‘ra “Kedr” ballistik raketasining ikkita yoki biroz ko‘proq prototipini yaratishi mumkin edi. Biz hozircha ushbu raketalarning ommaviy ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilgani haqida ma’lumotga ega emasmiz", — dedi Budanov.

Ukraina Bosh razvedka boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, ushbu rus raketasi Astraxan viloyatidan Dneprgacha bo‘lgan masofani 15 daqiqada bosib o‘tgan, raketaga oltita jangovar kallaklar o‘rnatilishi mumkin.

Kiritildi: 23:59 22.11.2024. O'qildi: 1155 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!