Bugun 27 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Rossiyaning Bryansk viloyatida avtomobil ko‘prigi temiryo‘lga qulashi oqibatida Moskva tomon harakatlanayotgan yo‘lovchi poyezdi relsdan chiqib ketdi

Rossiyaning Bryansk viloyatida avtomobil ko‘prigi temiryo‘lga qulashi oqibatida Moskva tomon harakatlanayotgan yo‘lovchi poyezdi relsdan chiqib ketdi

Bryansk viloyati gubernatori Aleksandr Bogomaz hodisa oqibatida hozircha 7 kishi halok bo‘lgani va 69 kishi yaralangani haqida ma’lum qildi.

Rossiya temiryo‘l departamenti xabariga ko‘ra, soat 22:44 da Bryansk oblastidagi Pilshino - Vygonichi bir yo‘lli peregonida “transport faoliyatiga noqonuniy aralashuv natijasida avtomobil ko‘prigining oraliq qurilmasi qulashi oqibatida” Klimovo shahridan Moskvaga yo‘l olgan 86-sonli yo‘lovchi poyezdi lokomotivi va vagonlari ag‘darilib ketgan. Aynan qanday aralashuv yuz berganiga aniqlik kiritilmagan.

Baza va Shot Telegram-kanallari ko‘prik qulashi portlash natijasida sodir bo‘lganini xabar bermoqda. Rasmiylar bu da’volarga izoh bermayapti. Qulagan ko‘prik ustidan o‘tgan A-240 avtotrassasida harakat to‘xtatilgan.

Kiritildi: 09:02 01.06.2025. O'qildi: 2182 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!