1 dekabrdan boshlab Xitoyda eksport nazorati ostidagi ikki maqsadli tovarlarning kengaytirilgan ro‘yxati kuchga kiradi. Bu Rossiya korxonalari uchun mashinalar, uskunalar va kimyoviy moddalar sotib olishni murakkablashtiradi. Bu haqda «Moskva Tayms» gazetasi Rossiyaning «Izvestiya» gazetasida chop etilgan maqolaga tayanib yozadi.
Yangilangan ro‘yxatga IT-uskunalari, jumladan, Rossiyaga olib kelish allaqachon qiyin bo‘lgan serverlar va komponentlar kiradi, deydi Impaya Rus kompaniyasi tijorat direktori Aleksey Razumovskiy.
Payvandlash uchun argon gazi ham cheklovlarga duchor bo‘ladi, deydi Atvira bosh direktori Yekaterina Kizevich. Uning so‘zlariga ko‘ra, ayni paytda kelishilgan va oldindan to‘langan hajmlar jo‘natilyapti, kelajakda yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar hali tuzilmagan.
Yangi qoidalarga ko‘ra, ikki maqsadli mahsulotlarni Rossiyaga eksport qiladigan Xitoy kompaniyalaridan 25% soliq undiriladi, deydi Kizevich. Biroq Xitoy tomonining rasmiy xabarlarida bu haqda hech qanday ma’lumot yo‘q.