Astra ma’lumotlariga ko‘ra, hujum nishoni Ribinsk shahrida joylashgan "Rosrezerv"ning "Temp" kombinati neft bazasi bo‘lgan.
Tula viloyatida urib tushirilgan dronlarning bo‘laklari Novomoskovskdagi sanoat korxonalaridan birining hududiga tushgan, deb ma’lum qildi gubernator Dmitriy Milyayev.
Astra va Ukrainaning Exilenova+ telegram-kanallari yozishicha, hujumdan so‘ng "Azot" kimyo kombinatida yong‘in yuzaga kelgan.
Oryol shahrida, Astra va "Ostorojno, novosti" nashrining xabar berishicha, Ukraina dronlari hujumi oqibatida "Zeleniy ostrov" ko‘p kvartirali turar joy majmuasi zarar ko‘rgan. Bir nechta qavatlarda yong‘in boshlangan. Oryol viloyati rahbari Andrey Klichkov bu haqda ma’lum qilmadi.
U faqat viloyat aholisi uchun "tun notinch bo‘lganini" qayd etdi. Smolensk viloyatining Vyazma shahrida Ukraina dronining bo‘laklari xususiy aholi xonadoniga tushgan, deb so‘zlab berdi gubernator Vasiliy Anoxin. U yerda yong‘in sodir bo‘lgan. Jarohatlangan mahalliy ayol shifoxonaga yetkazilgan.