Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Rossiyani jahonda nega yaxshi ko‘rmaydilar?

Rossiyani jahonda nega yaxshi ko‘rmaydilar?

"Rossiya segodnya" xalqaro axborot agentligi ilk marotaba ikkita savolga javob berdi: kollektiv G‘arb haqiqatda bizni yaxshi ko‘rmaydimi — yoki bu bizni propagandamiz to‘qimasimi? Agar bu to‘qima emas ekan - u holda, bizni nima uchun yomon ko‘rishadi? G7ga a’zo barcha davlatlarning yetakchi OAVlarida yarim yil ichida bizning davlatimizga bag‘ishlab e’lon qilingan maqolalar o‘rganildi — ularning jami soni 82 mingta. So‘ngra bu maqolalar ijobiy, neytral va salbiy maqolalarga ajratildi.

"Ijobiy" maqolalar qatoriga har qanday turdagi maqtovlar, shu jumladan, "Rossiyada qulay poyezdlar harakatlanadi", "Rus baleti Parijda ajoyib chiqish qildi", "Moskvadagi yapon elchixonasida Maslenisa xursandchilik bilan kutib olindi" va "Germaniyada Rossiya pisseriyalari tarmog‘i ochildi, maza qilasiz" singari maqolalar o‘rin oldi. Hech qanday baho berilmagan, deylik, "Putin Abe bilan uchrashdi", "Rossiya Koreyani yadro qurolidan holi hududga aylantirish bo‘yicha yangi formatdagi muzokaralarni taklif etmoqda" va "Rossiyada biznes-forum o‘z ishini boshladi" singari xabarlar "neytral" bo‘limga tushdi. Rossiyaning tashqi dunyodagi yovuz harakatlari, Rossiyaning o‘zida davlat tomonidan fuqarolarga qarshi qilinayotgan jinoyatlar hamda fuqarolarning o‘zi amalga oshirgan qabihliklar to‘g‘risidagi hikoyalar "negativ"ga to‘plandi.

Xulosa: "Katta yettilik"da, o‘rtacha hisobda, maqolalarning 50%i - o‘ta salbiy. Ijobiylari ikki foizni tashkil etadi.

Qolgan neytral xabarlar — "bordi - uchrashdi", yoki "bir tomondan Rossiya yomon qilmoqda, ikkinchi tomondan - yaxshi" kabilidagi axborot matnlardir.

Rekordchi-davlatlar:

Rossiya haqida hammadan ko‘ra britaniya OAVlari ko‘p yozgan (25 ming maqola);

— hammadan oz — Kanada OAVlari (to‘rt mingdan kam. Umuman olganda, Kanada aholisi soni ko‘p emas);

— hammadan ko‘ra pozitivroq Italiya medialari yozishgan (ijobiy mazmundagi maqolalar 13% ni, ya’ni salbiy maqolalarga nisbatan ikki barobar kamni tashkil etgan);

— hammadan negativroq — AQSh OAVlari (90% maqolalar negativ mazmunda), ijobiy mazmundagilari — 0,2%;

— hammadan ko‘ra neytral — Fransiya (70% maqola).

Endi asl mohiyatga o‘tsak.

Rossiyadagi yaxshiliklar haqida. Umuman olganda, ijobiy yangiliklarni hisobga olmasa ham bo‘lar edi. Ikki foiz bu nima degani? Italiya OAVlari nashrlarisiz bu ko‘rsatkich bir foizga ham yetmasdi.

Shunday bo‘lsa-da: bizdagi ijobiy ko‘rsatkichlar bu alohida sportchilar, balet - teatr va tarixiy diqqatga sazovor joylardir. Boshqacha so‘zlar bilan aytganda — "ijobiy Rossiya" yetakchi mamlakatlar mediasi tasavvurida 120 yil oldingi vintajda qotib qolgan. Hu anu, Chexov, Rus pallasi bor joylarda turistlar uchun ko‘knor urug‘idan tayyorlangan oltin konfet va xalq hunarmandchiligi bor degandek. Aytgancha, Rossiya 90-yillarda ham bu bilan mashhur edi.

Qolgan barchasi esa yomon.

Eng ajablanarlisi: "yomon"ning aksariyat qismi biz uchun maqtovdek jaranglaydi. Chunki bu "yomonlar" o‘laroq, biz siz bilan hammadan oldindamiz.

Birinchidan, biz, albatta, boshqa derjavalar hayotiga aralashamiz — bu ishni dahshatli tarzda samarali amalga oshiramiz. Deylik, biz Amerikada Trampni sayladik, Buyuk Britaniyada Brexitni amalga oshirdik. Biz Italiya, Germaniya va Avstriyada o‘nglar va populistlarni hukumatga yaqinlashtirdik. Kanadada hech narsaga ulgurmadik, lekin bu ham to‘siq emas: mahalliy OAVlarda yarim yil ichida ruslar mavzusida "top"ga chiqqan yangilik - bu joriy yil oktyabr oyida o‘tishi kutilayotgan saylovlar va ularga Rossiya aralashuvi bo‘ldi.

Ijtimoiy tarmoqlarda rus trollaridan iborat jamoalar hammani bir-biriga qarshi qayramoqda (ayniqsa amerika negrlarini oqlarga, trampchilarni demokratlarga qarshi). Zaharli rus propagandasi bo‘lmish RT va Sputnik feyklarni yoymoqda va eng kamida "rossiyaparast qarashlarni oldinga surib", o‘quvchiga voqealarni noxolis yetkazmoqda.

Rus josuslari Skripallar va tasodifiy qurbonlarni zaharlamoqda, oltinsoch rus shpion ayollari esa obro‘li kishilar ishonchiga kirmoqda. Bosh razvedka boshqarmasining maxfiy bo‘linmalari butun Sharqiy Yevropa bo‘ylab to‘ntarishlarni rejalashtirmoqda.

Odatiy sarlavhalardan biri: "Evropadagi saylovlar: maxsus xizmatlar Rossiya aralashuvi ustidan kuzatuv olib boradi" (Zeit).

Ikkinchidan, biz harbiy qudratimizni agressivlik bilan o‘stirmoqdamiz. Biz Skandinaviyaga tahdid solamiz, Buyuk Britaniya va AQShni qo‘rqitamiz. Biz butun globus bo‘ylab nodemokratik rejimlarni qurol bilan ta’minlaymiz. Biz Amerikani DRSMDdan chiqishga majbur qildik, boltiqbo‘yi davlatlari va polyaklarni esa — o‘z chegaramizda NATO kontingentlari sonini oshirishga undadik. Ukrainani gibridlik bilan zabt etmoqdamiz, Venesuela, Suriya va hatto Afrikada demokratiya g‘alaba qozonishiga yo‘l qo‘ymayapmiz.

Odatiy sarlavhalar: "Putinning gipertovushli yadroviy raketasi soniyalar ichida Londonni yo‘q qilishi mumkin", "Rossiyaning yadroviy quroli Venesueladami?" (Daily Express).

Uchinchidan, rus hukumati Rossiyaning o‘zida norozilar, madaniyat vakillari va jinsiy ozchilikni qat’iy ta’qib qilib, erkinlikni bo‘g‘moqda, shuningdek, chet el agentlariga chet el agentlari unvonini bermoqda. Odatiy sarlavhalar: "Putinni tanqid qilgan jurnalist sirli YHTda halok bo‘ldi" (Mail Online), "Men putin GULAGini ko‘rganman" (Bild), "Poytaxtdagi mitingda polisiya vahshiyligining avj olishi" (Les Echos).

Va faqat to‘rtinchi navbatda biz qashshoqlashayapmiz, korrupsiya botqog‘iga botmoqdamiz, aroqxo‘r bo‘lib ketyapmiz va qotillikka qo‘l uryapmiz ("Rossiya: ota o‘n yashar o‘g‘lini oylar davomida zanjirband etgan").

Yaponiya OAVlari alohida dastur bilan chiqish qilgan. U yerdagi asosiy yovuzligimiz — Kuril orollarini topshirmaganimiz ("Rossiya, o‘jarlik qilishni bas qil!", "Noqonuniy okkupasiya faktini rad etib bo‘lmaydi").
...Nima deyish mumkin.
Birinchidan. Agar Rossiya yovuz qudrati oldidagi dahshatni oladigan bo‘lsak — Rossiya-2019 g‘arb OAVlarida Rossiya-1999 dan hech narsasi bilan farq qilmaydi (yaxshi tomonga bo‘lgan ulkan o‘zgarishlar, mamlakat hayotida ro‘y bergan ijobiy o‘zgarishlarga qaramay).

Albatta, biz haqimizda kamroq yozishlariga erishish mumkin — masalan, aholisi Rossiyanikiga teng bo‘lgan Bangladesh va Filippinlar haqida umuman yozishmagani singari. Buning uchun biz iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy va harbiy sohada rivojlanishda Bangladeshga teng bo‘lishimiz kerak. Bu respublika na tahdid qiluvchi harbiy qudratga, na global media tarmog‘iga, na har yerda hoziru-nozir tashqi razvedkaga ega.

Eng qizig‘i: Bangladesh g‘arb davlatlarida, bu qanchalik g‘alati bo‘lmasin, ijobiy obrazga ega emas. Mamlakat yetakchi dunyo nashrlari sahifalarida qashshoqlik, korrupsiya, fohishabozlik va noroziliklar tilga olingan mavzularda yoritiladi.

Ikkinchidan. Rossiya-2019 obrazi bizning ko‘zga tashlanib turgan harakatlarimizga emas, balki analitik dokladlar (ehtimoliy aralashuvlar haqidagi), ekspert prognozlari (bo‘lg‘usi tahdidlar haqida) va o‘ta ayyorona fosh bo‘lishlar (maxfiy diversiyalar)ga asoslanadi. Boshqacha qilib aytganda, Rossiya-2019 dunyoni hiylalar bilan qo‘lga olgan, biroq ular ko‘rinmas. Bularni ochib tashlash uchun g‘arb davlatlarida media zimistonga qarshi kurashuvchilar sulolasi harakatga tushgan va ruslar nayranglarini dunyoga fosh etmoqda.

Ha, sizga shunday tuyulgani yo‘q. Rossiya g‘arb mediasida tamomila keksa saxiy iblis obrazida shakllantirilgan. U o‘tgan o‘n yilliklar davomida ham aynan shunday bo‘lgan: o‘zi jahannamda bo‘lgan bir vaqtda sayyoraning barcha saxiy insonlarini do‘zaxga tortishga intilgan. Go‘yoki rus do‘zaxida hammasi yomon va qo‘rqinchli (demakki samarali ham emas, axir bozor erkin emas, liberalizm yo‘q). Lekin shu bilan birga har qanday janjal, o‘tkir tus olgan muammolar va eng erkin dunyoda noto‘g‘ri siyosatchilar g‘alabalari ortida aynan rus jahannami ko‘rinmas bir devordek paydo bo‘laveradi.

Kimning yodidan ko‘tarilgan bo‘lsa eslatmoqchiman— migrantlarning Yevropaga yopirilib kelishini ham biz uyushtirganmiz.

Rossiyani o‘z ishlariga aralashganlikda ayblayotgan G‘arb hech qanday dalillarni topa olmadi. Lekin Rossiya ishlariga shaxsan qaolroq aralashishga qaror qildi – noqonuniy mitinglar Vashington va Berlinni chetda qoldirmadi.

Agar voqeani to‘g‘ri tahlil qiladigan bo‘lsak, biz yetakchi deb hisoblaydigan mamlakatlardagi "dunyo kartinasi" ming yil oldingi qonunlar bo‘yicha yoziladi. Agar ushbu qonunlar real holatga unchalik mos kelmasa — bu muammo emas. Reallikni shu kechayu-kunduzda bir yarimta ekspert fikri va to‘rtta doklad bilan "yaratish" mumkin.

Bu esa ikki narsani anglatadi. Yoki yetakchi g‘arb mamlakatlari elitalari o‘zlari reallikda yashaydi-yu, xalqlarini esa eski asotirlar bilan "to‘ydirmoqdalar". Bu holatda ular o‘z xalqlari uchun ancha qayg‘uli antiutopiyani qurishmoqda.

Yoki yetakchi g‘arb davlatlari elitalari o‘zlari retranslyasiya qilayotgan asotirlarda yashaydi va bu holatda ular yana sanoqli vaqt davomida o‘zlarini yetakchi deb atashlari mumkin — chunki haqiqat hamisha asotirdan sizib o‘tib, yuzaga chiqadi.

Kiritildi: 07:00 18.10.2019. O'qildi: 4694 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!