Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Rossiyalik “Zolushka” hamda milliarder sakkiz yil deganda turmush qurishdi (foto)

Rossiyalik “Zolushka” hamda milliarder sakkiz yil deganda turmush qurishdi (foto)

Rossiyalik Zolushka milliarderga turmushga chiqdi.

Natalya Vodyanova va Antuan Arno Parij meriyasida nikoh guvohnomasiga imzo chekishdi.

Sakkiz yildan buyon hamjihatlikda yashab kelayotgan juftlik olti hamda to‘rt yoshli ikki o‘g‘ilni tarbiyalab kelmoqda.

Rossiyalik Zolushkaning qalbidan joy olgan Antuan Arno sayyoradagi eng boy odamlardan birining o‘g‘li bo‘lib, uning otasi 70 dan ortiq hashamatli brendlarni birlashtirgan moda xoldingiga egalik qiladi. Bernard Arnoning boyligi 117 milliard dollarga baholanmoqda. Natalya Vodyanova esa dunyoda nafaqat muvaffaqiyatli model sifatida tanilgan, balki uning fondi rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan odamlarga yordam berishi bilan mashhurlikka erishgan.

Ma’lumot o‘rnida, Natalyaning sobiq eri - britaniyalik Lord Jastin Portman bo‘lib, model undan to‘qqiz yillik turmushi davomida uch farzand - ikki o‘g‘il va bir qizni dunyoga keltirgan.

Rossiyalik “Zolushka” hamda milliarder sakkiz yil deganda turmush qurishdi (foto)

Kiritildi: 20:38 20.09.2020. O'qildi: 8070 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!