Mashhur rossiyalik bloger Ilya Varlamov yaqinda Samarqandga kelgandi. Ilya o‘zining blogida foto-reportaj orqali Samarqand haqidagi fikrlarini e’lon qildi.
Bu haqda huquqshunos va bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev telegramdagi sahifasi orqali xabar berdi.
Samarqand haqidagi iliq gaplar ham bor, ammo ko‘p fikrlar bizni xursand qilmasligi aniq. Oddiy bir turist ko‘zi bilan qaraganda, bizga ko‘zgu tutib ketibdi xolos.
Bizdagi shaharsozlik insonlar uchun nafaqat noqulay, balki ayrim jihatlari hatto xavfli ekanligi haqida ta’kidlagan. Balki ayrimlar Varlamovning yozganlarini o‘qib, uni «yurtimizning yutuqlarini ko‘ra olmaydigan dushman» yoki «tirnoqning orasidan kir qidiradigan g‘alamis» deb atar, lekin har ne bo‘lganda ham Samarqand viloyat hokimligi materialni yaxshilab o‘rganib chiqsa va kamchiliklarni bartaraf etsa, zarar qilmasdi, deb yozadi bloger.