Rossiyanang Leningrad viloyati, Rutelisy qishlog‘ida maktab o‘quvchisi zudlik bilan kasalxonaga yotqizilgan. Bu haqda 24 may, yakshanba kuni REN TV xabar bermoqda.
Nashrning xabar berishicha, qiz spirtli ichimlikni me’yoridan ortiq iste’mol qilishi oqibatida koma holatiga tushib qolgan. Uning ahvoli og‘ir deb baholanmoqda.
P/S. Spirtli ichimliklar iste’mol qilish salomatligingizga xavf tug‘diradi. Shuning uchun har qanday holatda ham bu og‘uga qo‘l uzatmang.