Bugun 3 iyul, 2025 yil, payshanba

КИР

Rossiyalik Olimpiada sovrindori doping tufayli diskvalifikasiyaga duchor bo‘ldi

Rossiyalik Olimpiada sovrindori doping tufayli diskvalifikasiyaga duchor bo‘ldi

Boks bo‘yicha Olimpiada bronza medali sovrindori, rossiyalik Imam Xatayev 2024 yil 9 aprel kuni topshirgan doping testida taqiqlangan klomifen va uning metabolitlari aniqlandi.

Bu haqda Xalqaro doping-testlar agentligi (ITA) saytida xabar berildi.

Protokolga ko‘ra, endi uning 2024 yil 9 apreldan 2025 yil 26 iyungacha bo‘lgan davrdagi barcha natijalari bekor qilinadi.

Xatayev navbatdagi professional jangini 12 iyul kuni Nyu-Yorkda (AQSh) yarim og‘ir vazn toifasida WBA Regular sobiq chempioni Devid Morrellga qarshi o‘tkazishi edi. Ushbu jangning bekor qilinishi haqida hozircha rasmiy ma’lumot yo‘q.

Kiritildi: 18:51 02.07.2025. O'qildi: 371 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!