Bugun 12 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Rossiyalik mutaxassis Kapitalbank boshqaruvi raisi etib tayinlandi

A A A
Rossiyalik mutaxassis Kapitalbank boshqaruvi raisi etib tayinlandi

Rossiyalik bank sohasi mutaxassisi Kirill Mayevskiy Kapitalbank boshqaruv raisi etib tayinlangan. U tayinlovga qadar bank kuzatuv kengashi a’zosi sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi. Bu haqda Kapitalbank matbuot xizmati xabar bermoqda.

Shuningdek, o‘tgan yil may oyidan buyon bank boshqaruvi raisi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Sardor Ismailov boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, yanvar oyining boshida 2020 yildan beri bank boshqaruvi raisi lavozimida ishlab kelgan Alisher Mirzayevning bank kuzatuv kengashiga ishga o‘tishi aytilgandi.

Kiritildi: 14:24 18.01.2023. O'qildi: 3227 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!