Bugun 11 aprel, 2026 yil, shanba

КИР

Rossiyalik murabbiy JCH-2026 favoritlarini aytdi

Rossiyalik murabbiy JCH-2026 favoritlarini aytdi

Taniqli rossiyalik murabbiy Yuriy Syomin 2026 yilgi jahon chempionatining asosiy favoritlari sifatida Ispaniya va Argentina terma jamoalarini ko‘rsatdi. Bu haqda Sports.kz «Sport-Ekspress»ga tayanib xabar bermoqda.

«Favoritlar, menimcha, ikkita — Ispaniya va Argentina. Argentinaliklarga ham muxlislik qilaman, ularning jamoasi menga yoqadi, yana Messi tufayli ham. Bizning ligada ham argentinalik futbolchilar ko‘p», — dedi Syomin.

Guruh bosqichida Ispaniya Saudiya Arabistoni, Urugvay va Kabo-Verdega qarshi maydonga tushadi. Argentina esa Jazoir, Avstriya va Iordaniya bilan kuch sinashadi.

2026 yilgi jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulgacha AQSH, Meksika va Kanadada bo‘lib o‘tadi. Amaldagi jahon chempioni — Argentina. Ispaniya esa 2010 yilda mundial g‘olibi bo‘lgan.

Kiritildi: 23:49 10.04.2026. O'qildi: 243 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!