Bugun 19 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

Rossiyalik mahbuslarga amnistiyani kutmasdan, urushga borishga chaqiriq qilindi

Rossiyalik mahbuslarga amnistiyani kutmasdan, urushga borishga chaqiriq qilindi

Davlat Dumasining mudofaa qo‘mitasi raisi Andrey Kartapolov Rossiya hukumati "Ulug‘ Vatan urushi"dagi g‘alabaning 80 yilligi munosabati bilan amnistiya e’lon qilmasligi kerakligini bildirdi.

Uning ta’kidlashicha, "tezroq ozod bo‘lishni istagan mahbuslar uchun allaqachon bunday imkoniyat mavjud - ular Ukrainaga qarshi urushga borishlari mumkin". "Qamoqda bo‘lgan va vatanini sevadigan kishilar Mudofaa vazirligi bilan shartnoma tuzib, buni isbotlash uchun yaxshi imkoniyatga ega. Mamlakat maxsus harbiy operasiya o‘tkazayotgan hozirgi paytda bundan ortiq narsa kerak emas. Qolgan hamma narsa shaytondandir", - dedi Kartapolov.

Rossiyaning amaldagi qonunchiligiga ko‘ra, mamlakat Mudofaa vazirligi bilan shartnoma tuzgan mahbuslar jinoiy javobgarlik va jazodan ozod qilinadi. Ularning haqiqiy jazosi shartli jazoga almashtiriladi, shuningdek sudlanganlikning bekor qilinishi kafolatlanadi.

Kiritildi: 20:11 07.04.2025. O'qildi: 1334 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!