Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Rossiyaga qarshi sanksiyalardan amerikaliklarning o‘zi jabr ko‘rdi(mi)?

A A A
Rossiyaga qarshi sanksiyalardan amerikaliklarning o‘zi jabr ko‘rdi(mi)?

Amerikaning Rossiya energetika sohasiga qarshi sanksiyalari bundan amerikaliklarning o‘zi jabr ko‘rishiga olib keldi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin ma’lum qildi, deya xabar qilmoqda RIA Novosti.
“Amerikaliklar bizning energetika sohamizga qarshi sanksiya qo‘llashdi. Nimaga erishishdi? “Exxon Mobil” foydali shartnomadan chiqdi, qo‘shma loyihalardagi ishtirokini to‘xtadi, Uzoq Sharqdagi bittadan tashqari... Hech kim hech narsa yutmadi. Gaz narxi osmonga ko‘tarildi. Neft bozorida amerikaliklarning o‘zi jabr ko‘rayotgan vaziyat ro‘y berdi. Natija nafaqat nolga teng – u salbiy”, - dedi Putin “Rossiya energetika haftasi” forumi chiqish qilayotib.
Shu bilan birga Rossiya yetakchisi oxir-oqibat bunday siyosat samarasiz ekanligini anglab yetishlariga umid bildirdi.
“Va biz asta-sekin munosabatlarimizni qayta tiklay olamiz”, - deya qo‘shimcha qildi Putin.

Kiritildi: 19:15 13.10.2021. O'qildi: 5201 marta. Fikrlar soni: 2 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!