Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Rossiyaga nisbatan eng ko‘p sanksiyalarni qaysi davlatlar kiritdi?

Rossiyaga nisbatan eng ko‘p sanksiyalarni qaysi davlatlar kiritdi?

Rossiyaga eng ko‘p sanksiya kiritgan uch davlat – AQSH, Kanada hamda Shveysariya energiya va oziq-ovqat narxlarining global o‘sishini qo‘zg‘atdi. Mazkur mamlakatlar butun dunyo bo‘ylab kelajakdagi inqirozlar uchun javobgardir. Bu haqda Rossiya Davlat Dumasi spikeri Vyacheslav Volodin o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida bildirdi.

Parlament a’zosining ta’kidlashicha, Rossiyaga qarshi eng ko‘p sanksiyalarni Amerika Qo‘shma Shtatlari (1983 ta), Kanada (1402 ta) va Shveysariya (1361 ta) kiritgan.

Rossiyaga nisbatan kiritilgan sanksiyalar soni bo‘yicha tuzilgan ro‘yxatning to‘rtinchi o‘rnidan Buyuk Britaniya (1360 ta), beshinchi o‘rnidan Yevropa Ittifoqi mamlakatlari (1199 ta) joy olgan. Avstraliya (1150 ta) va Yaponiya (902 ta) ham Rossiyaga do‘st bo‘lmagan davlatlar qatorida.

Volodinga ko‘ra, Rossiyaga qarshi jami 10 536 ta sanksiya joriy qilingan: 2022 yilning 24 fevraliga qadar - 2 754 ta, keyin - yana 7 782 ta.

“Bu davlatlar Rossiyaga qarshi noqonuniy sanksiyalar joriy etib, energiya resurslari va oziq-ovqat narxlarining oshishiga sabab bo‘ldi. Bular butun dunyoda mavjud muammolar hamda bo‘lajak inqirozlarning asosiy aybdorlari”, deya qo‘shimcha qildi Duma spikeri.

Kiritildi: 23:00 19.05.2022. O'qildi: 4715 marta. Fikrlar soni: 10 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!