Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Rossiyaga ishlash uchun kelgan Tojikiston fuqarosi vahshiylarcha o‘ldirildi

A A A
Rossiyaga ishlash uchun kelgan Tojikiston fuqarosi vahshiylarcha o‘ldirildi

Sankt-Peterburgda vahshiylarcha o‘ldirilgan, taksi haydovchisi bo‘lib ishlagan Tojikiston fuqarosining jasadi 26 yanvar kuni vataniga jo‘natildi, deb xabar berdi «Aziya Plyus».

Qayd etilishicha, konsullik ushbu qotillikni har tomonlama tekshirish uchun Rossiyaning tegishli davlat tuzilmalari bilan yaqin aloqada.

Ma’lumot uchun, Sankt-Peterburgdagi Pulkovo aeroporti hududidan taksi haydovchisi bo‘lib ishlagan tojikistonlik shaxsning jasadi topilgan edi. Tanada, shu jumladan tomoq va boshning orqa qismida bir nechta kesilgan yaralar mavjud. Jasad shahardagi firmalardan birining mashinasida topilgan. Mashina aeroport yo‘lakchasida bo‘lgan.

Videokuzatuv kameralarida qotillikdan oldin mashinada to‘rt kishi bo‘lganligi aks etgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, marhum taksi haydovchisi bo‘lib, aeroportga uch nafar yo‘lovchini olib kelgan; avtomashinada erkaklar o‘rtasida nizo kelib chiqib, oxiri qotillik bilan yakunlangan. Salonda pichoq topildi.

Voqea yuzasidan Rossiya Tergov qo‘mitasi jinoiy ish qo‘zg‘atdi.

Jabrlanuvchi Rossiyaga 2021 yil dekabr oyi oxirida ishlash maqsadida kelgan.

Kiritildi: 14:30 27.01.2022. O'qildi: 3704 marta. Fikrlar soni: 9 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!