Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Rossiyaga 90 kundan ortiq muddatga boradiganlar tibbiy tekshiruvdan o‘tadi

Rossiyaga 90 kundan ortiq muddatga boradiganlar tibbiy tekshiruvdan o‘tadi

RIA “Novosti”ning xabar berishicha, Rossiyaga 90 kundan ortiq muddatga kelgan mehnat muhojirlari va chet elliklar OIV, giyohvand moddalar va bir qator yuqumli kasalliklar bo‘yicha testlardan o‘tishlari shart. Berilgan tibbiy ma’lumotnoma bir yil davomida amal qiladi, keyin yana test topshirish kerak bo‘ladi. Tegishli federal qonun 2021 yil 29 dekabrda kuchga kirdi.

“Ushbu xorijiy fuqarolar Rossiya Federasiyasi tomonidan tan olingan shaxsni tasdiqlovchi hujjat, shuningdek, odamning immunitet tanqisligi virusi (OIV) keltirib chiqaradigan kasallik yo‘qligi to‘g‘risidagi sertifikat va mazkur moddaning 18-bandida ko‘zda tutilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tganligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarni taqdim etadi”, – deyiladi hujjatda.

Ushbu talablar Rossiyaga 90 kundan ortiq muddatga kelgan va mamlakatda ishlashni rejalashtirmagan chet elliklarga, shuningdek, Rossiya Federasiyasiga mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun kelganlarga tegishli.

Bu toifadagi xorijliklar ushbu tibbiy ko‘riklardan o‘tganliklarini tasdiqlovchi tibbiy hujjatlarning amal qilish muddati tugaganidan keyin 30 kun o‘tgach, yana testlardan o‘tishlari kerak bo‘ladi.

Kiritildi: 19:05 31.12.2021. O'qildi: 2668 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!