Saxalindagi bir qator maktablarga bomba qo‘yilgani haqida xabar kelib tushdi. Bu haqda Saxalin viloyati hukumatining telegram kanalida xabar berildi.
Ta’kidlanishicha, bolalar va bir nechta ta’lim muassasalari xodimlari evakuasiya qilingan.
“Bir nechta ta’lim muassasalariga bomba qo‘yilgani haqida xabarlar kelib tushdi. Bolalar va xodimlarni evakuasiya qilish choralari ko‘rildi», deyiladi xabarda.
Unda ta’kidlanishicha, 12 ta ta’lim muassasasiga bir necha daqiqali vaqt farqi bilan elektron pochta orqali tahdid soluvchi xatlar yuborilgan.
Ushbu ma’lumot allaqachon favqulodda yordam xizmatiga o‘tkazilgan. Tekshirilmoqda.