Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Rossiyadan Toshkentga metro vagonlarining navbatdagi partiyasi keldi

Rossiyadan Toshkentga metro vagonlarining navbatdagi partiyasi keldi

Rossiyaning “Transmashxolding” xoldingi 13 oktyabr kuni Toshkent shahriga yangi metro vagonlarining navbatdagi partiyasini yubordi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, yangi metro vagonlarining barchasi Toshkent metrosining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqarilgan. Bu vagonlardan Toshkentda 4 ta vagonli 5 ta metro poyezdi shakllantiriladi. Endilikda Toshkent metropolitenida zamonaviy poyezdlar soni jami 60 vagonni, ya’ni 15 ta to‘rt vagonli poyezdni tashkil etadi.

“Metrovagonmash” va “Toshkent metropoliteni” 40 ta metro vagonini ishlab chiqarish bo‘yicha shartnomani 2021 yilning aprel oyida imzolangan edi.

Kiritildi: 19:18 13.10.2021. O'qildi: 2616 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!