Bugun 30 sentyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Rossiyadan qator davlatlarga 1 mln rubldan ortiq naqd pul olib chiqish taqiqlandi

Rossiyadan qator davlatlarga 1 mln rubldan ortiq naqd pul olib chiqish taqiqlandi

Putin Rossiyadan yaqin xorij mamlakatlariga 1 million rubldan ortiq naqd pul olib chiqishni taqiqladi.

Taqiq YEOII davlatlari — Belarus, Qozog‘iston, Armaniston va Qirg‘izistonga, shuningdek, Ozarbayjon, Tojikiston va O‘zbekistonga naqd pul olib chiqishga taalluqli. Tegishli farmonni Rossiya prezidenti 29 sentyabr kuni imzolagan, deb xabar bermoqda davlat agentligi TASS.

Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga ushbu mamlakatlarga pul olib chiqish, summa miqdoridan qat’i nazar, taqiqlangan.

1 million rubldan ortiq mablag‘ni faqat belgilangan xalqaro aeroportlar orqali, valyutaning bank hisobidan yechilganini tasdiqlovchi bank ko‘chirmasi mavjud bo‘lgan taqdirda olib chiqish mumkin.

Farmonda ta’kidlanishicha, taqiq buzilgan taqdirda, barcha naqd pul musodara qilinadi.

«Vedomosti» nashrining yozishicha, avval jismoniy shaxslar uchun limit 100 ming dollar ekvivalentini tashkil qilgan. Bundan tashqari, avvalgi cheklovlar Ozarbayjon, Tojikiston va O‘zbekistonga nisbatan tatbiq etilmagan.

Kiritildi: 19:11 29.09.2026. O'qildi: 550 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!