Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Rossiyadagi safarbarlikning dunyo bozorlari va iqtisodiyotga ilk ta’siri

Rossiyadagi safarbarlikning dunyo bozorlari va iqtisodiyotga ilk ta’siri

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin tomonidan e’lon qilingan qisman safarbarlik ortidan dunyo bozorlarida keskin o‘zgarishlar yuz bermoqda. Rossiya va Yevropada aksiya bozorlari pastga qulayotgan bo‘lsa, jahon bozoridagi oltin narxlari ko‘tarilib bormoqda.

Rossiya fond bozorlari indekslari, xususan Moskva birjasi 7,8% ga, RTS indeksi 10,7% ga pasaygan. Bu ko‘rsatkichlar 2022 yil fevral oyida Rossiya harbiy harakatlarni boshlagan vaqtdagi minimum ko‘rsatkichlarni yangiladi. Rossiya rubli AQSh dollariga nisbatan avgust oyidan beri ilk bora 62 rublga tushdi.

Putinning bayonoti ortidan jahon neft bozorida narxlar o‘rtacha 3% ga ko‘tarilishi kuzatilmoqda.

Evropa qit’asidagi bezovtalik fonida AQSh dollari mustahkamlanib bormoqda. Odatda AQSh dollariga nisbatan qimmatroq baholanadigan Yevroning qiymati 0,9913 AQSh dollariga to‘g‘ri kelayotgan bo‘lsa, Buyuk Britaniya Funt sterlingi 1,1345 AQSh dollariga to‘g‘ri kelishi 37 yillik eng past ko‘rsatkich hisoblanadi.

Kiritildi: 22:22 21.09.2022. O'qildi: 5002 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!