O‘zbekiston TIV o‘rinbosari Olimjon Abdullayev Rossiya elchisi bilan mehnat migrasiyasi jarayonlarini takomillashtirish masalalarini ko‘rib chiqdi.
Suhbatda Rossiyadagi reydlar vaqtida o‘zbek fuqarolarining huquqlari buzilmasligi va kamsitilmasligi zarurligi ta’kidlandi.
Tomonlar migrasiya jarayonlarini yengillashtirish, tibbiy ko‘rik va rus tili imtihonlarini O‘zbekistonda o‘tkazish, shuningdek, Rossiya mutaxassislarini kasbiy ta’lim tizimiga jalb etish yuzasidan kelishib oldi.