"Vladimir viloyatining Kirjach tumanida portlash sodir bo‘ldi", — deya xabar berdi viloyat rahbari Aleksandr Avdeev.
Bir qator Telegram-kanallarining yozishicha, bu hududda joylashgan Rossiya Mudofaa vazirligi Bosh raketa-artilleriya boshqarmasi arsenaliga hujum qilingan. Ba’zi manbalarning xabar berishicha, hujum dronlar yordamida amalga oshirilgan. Mahalliy aholi bir necha portlash ovozlarini eshitganliklarini aytishgan.
Moskvadan Kirjachga olib boruvchi yo‘l yopilgan. Xabarllarga ko‘ra, yaqin atrofdagi bir nechta aholi punktlarida evakuasiya e’lon qilingan.
TASS axborot ma’lumotiga ko‘ra, Kirjach tumani hududida favqulodda holat rejimi joriy etilgan.