Sankt-Peterburgning Pervomayskiy tumanidagi omborda o‘zbekistonlik ishchi tigel press ichiga kirib ketdi. Bu haqda 78.ru xabar berdi.
Baxtsiz hodisa 6 sentyabr kuni sodir bo‘lgan. O‘zbekistonlik 26 yoshli ishchi tasodifan tigel pressga tushib ketib, halok bo‘lgan. Uning ismi-sharifi xabarda keltirilmagan.
Qayd qilinishicha, jabrlanuvchini qutqarib qolishning imkoni bo‘lmadi, hodisa sabablari aniqlanmoqda, jinoyat ishi qo‘zg‘atish masalasi hal qilinmoqda. Ishchi migrasiya organlarida ro‘yxatdan o‘tmagani va rasman ishga joylashmagani ta’kidlanmoqda