Rossiyaning Kursk viloyatida Shimoliy Koreyaning bir necha yuz askari halok bo‘ldi yoki yaralandi, deb xabar berdi Associated Press yuqori martabali harbiy amaldorga tayanib. Bu Rossiya bilan yonma-yon jang qilayotgan Shimoliy Koreya kontingenti o‘rtasidagi yo‘qotishlarning birinchi hisob-kitobi, deya ta’kidladi AP.
Rasmiy qurbonlarning aniq sonini aytmagan, ammo Shimoliy Koreya qo‘shinlarining jangovar tajribasi yo‘qligi sababli katta yo‘qotishlarga duch kelganini ta’kidlagan.
Avvalroq Pentagon va Oq uy Shimoliy Koreya kuchlari Kursk viloyatidagi dastlabki to‘qnashuvlarda talafot ko‘rganini tasdiqlagan, biroq qo‘shimcha tafsilotlarni taqdim etmagan edi.
AQSh rasmiylariga ko‘ra, janglarda ishtirok etayotgan Shimoliy Koreya qo‘shinlari asosan piyoda askarlardan iborat. Ushbu askarlar Kursk viloyatida ham rus bo‘linmalari bilan birga, ham mustaqil ravishda harakat qilmoqda.