Rossiyaning Amur viloyatining Skovorodino munisipalitetida mikroavtobus va ikkita yuk mashinasi to‘qnashib ketdi, natijada 6 kishi halok bo‘ldi, yana bir kishi jarohat oldi.
Qayd etilishicha, hodisa “Lena” trassasining 8-km.da qayd etilgan. “Toyota Lite Ace Noah” va ikkita “Volvo” avtomobillari to‘qnashib ketdi. Hodisa oqibatida “Toyota”ning 6 nafar yo‘lovchisi halok bo‘lgan, haydovchi jarohatlangan.
Jarohatlanganlar shifoxonaga yetkazilgan. Voqea yuzasidan jinoiy ishi ochilgan.