Rossiya Davlat dumasining tegishli qo‘mitalari Rossiyada Xalqaro jinoiy sud (XJS) faoliyatini taqiqlashni nazarda tutuvchi tuzatishlarni tayyorlashyapti. Bu haqda Davlat dumasi spikeri Vyacheslav Volodin ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Volodin qonunchilikka tegishli o‘zgartirishlarni kiritishga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazgan.
“Yig‘ilish yakuni bo‘yicha Vyacheslav Volodin Davlat dumasining tegishli qo‘mitalari “Xavfsizlik to‘g‘risidagi” federal qonunga RF va uning fuqarolariga qarshi qaratilgan Xalqaro jinoiy sud va xalqaro organlar faoliyatini mamlakatimiz hududida taqiqlovchi tuzatishlar tayyorlayotganini ma’lum qildi”, - deyiladi xabarda.
“Bundan tashqari, xalqaro organlar tomonidan Rossiya qonunchiligiga zid qarorlar qabul qilingan taqdirda Rossiya prezidentiga Rossiya fuqarolarini himoya qilishga oid vakolatlar berish taklif qilinmoqda”, - deyilgan xabarda.