Bugun 1 yanvar, 2026 yil, payshanba

КИР

Rossiyada o‘zbekistonlik migrant OMONchilar tomonidan kaltaklab o‘ldirilgani aytilmoqda

Rossiyada o‘zbekistonlik migrant OMONchilar tomonidan kaltaklab o‘ldirilgani aytilmoqda

Voqea 12 dekabr kuni Rossiyaning Xabarovsk shahrida sodir bo‘lgan.

Kuchishlatar tuzilmalar vakillari sababsiz ravishda kafelardan biriga bostirib kirib, u yerda bo‘lgan o‘zbekistonlik fuqarolarni ayovsiz kaltaklagan.

Ma’lum qilinishicha, hodisa oqibatida ikki nafar fuqaro bosh sohasidan og‘ir jarohat olib, komaga tushgan. Shuningdek, ularning qo‘l-oyoqlari sindirilgani aytilmoqda. Komaga tushganlardan biri bir necha kun o‘tib vafot etgan. Yana bir o‘zbekistonlik esa hozirda shifoxonada og‘ir ahvolda davolanmoqda.

Aytilishicha, marhum Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumani Jumavoy qishlog‘ida tug‘ilgan. Hozircha uning jasadi O‘zbekistonga olib kelinmagan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining rasmiy izohi kutilayotgani bildirilmoqda.

Kiritildi: Bugun 20:24. O'qildi: 871 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!