Bugun 2 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Rossiyada Ukrainadagi yo‘qotishlar ortidan dafn agentliklari soni keskin ko‘paydi

Rossiyada Ukrainadagi yo‘qotishlar ortidan dafn agentliklari soni keskin ko‘paydi

2025 yil boshidan beri Rossiyada 800 dan ortiq yangi dafn xizmatlari agentligi tashkil etildi. Bu tendensiya Ukrainadagi harbiy yo‘qotishlar ortidan paydo bo‘ldi va dafn biznesining o‘sishi bilan izohlanmoqda.

«Kommersant’» nashrining Kontur.Fokus servisiga tayanib yozishicha, 2025 yilning birinchi yarmida Rossiyada 805 ta yangi marosim agentliklari, jumladan, yakka tartibdagi tadbirkorlar ro‘yxatdan o‘tgan. Bu o‘tgan yilning xuddi shu davriga nisbatan 16 foizga ko‘p.

Eng ko‘p yangi kompaniyalar Moskva oblastida qayd etilgan — 57 ta (yillik o‘sish 33 foiz), Krasnodar o‘lkasida esa 42 ta kompaniya ro‘yxatdan o‘tgan (o‘sish — 22 foiz). Rosstat ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning yanvar–aprel oylarida Rossiyada marosim xizmatlari bozori 12,7 foizga o‘sib, 39,5 mlrd rublga yetgan.

Marosimlarni o‘tkazish bo‘yicha xizmat sohasi vakillari bu o‘sishni faqat urush yo‘qotishlari bilan bog‘lamaydi. Assosiasiya prezidenti Aleksey Suloyevning ta’kidlashicha, biznesning marjinallik darajasi oshgan — bazaviy xizmatlar qimmatlashgan, ayrim mijozlar esa keng qamrovli, «kalit bilan topshirish» turidagi xizmatlarga tayyor. Ular qatoriga kremasiya, memorial mahsulotlar, jasadlarni uzoq masofaga tashish kabilar kiradi.

Dafn qilish tashkilotlari va krematoriylar uyushmasi rahbari Yelena Andreeva aytishicha, ko‘p rossiyaliklar davlat tomonidan kafolatlangan xizmatlar ro‘yxati orqali dafn marosimini o‘tkazishni so‘rashmoqda. Bu — davlat hisobidan qariyb bazaviy xizmatlar to‘plamini o‘z ichiga oladi.

Boshqa tomondan, The Economist hisob-kitobiga ko‘ra, faqat 1 maydan 9 iyulgacha Rossiya qurolli kuchlari 31 mingga yaqin jangchi yo‘qotgan bo‘lishi mumkin. AQSh davlat kotibi Marko Rubio ham 2025 yil boshidan beri Rossiya 100 ming askarini yo‘qotganini ma’lum qilgan. Urush boshidan buyon Rossiyaning umumiy yo‘qotishlari 900 mingdan 1,3 milliongacha deb baholanmoqda, shundan 190 mingdan 350 minggachasi — qaytmas yo‘qotishlar.

Shu bilan birga, Mediazona va BBC to‘plagan ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilda frontda halok bo‘lgan rossiyaliklar soni haqidagi nomma-nom ma’lumotlar kamaygan. Bu esa mintaqalarda rasmiy ma’lumotlarni e’lon qilish to‘xtagani bilan izohlanmoqda.

Kiritildi: 18:03 24.07.2025. O'qildi: 960 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!