Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Rossiyada "Twitter"ning bloklanish muddati aniq bo‘ldi

Rossiyada "Twitter"ning bloklanish muddati aniq bo‘ldi

Agarda taqiqlangan axborot o‘chirilmaydigan bo‘lsa, Rossiyada Twitter ijtimoiy tarmog‘i bir oydan so‘ng bloklanishi mumkin. Bu haqda Roskomnadzor rahbari o‘rinbosari Vadim Subbotin ma’lum qildi.

«Biz bir oyni belgiladik va Twitter kompaniyasining taqiqlangan axborotni o‘chirish masalasi bo‘yicha reaksiyasini kuzatamiz. Shundan keyin, ijtimoiy tarmoq ma’muriyatining harakatidan kelib chiqib tegishli qaror qabul qilinadi», — dedi u.

Rossiyada 10 martdan Twitter tarmog‘ining ishlash faoliyati tezligi sekinlashtirilgandi.

Roskomnadzor bayonotida ma’lum qilinishicha, bunday qaror Twitter’ning Rossiya qonunchiligi talablarini bajarmagani va taqiqlangan kontentni o‘chirmagani sabab qabul qilingan.

Regulyatorning xabariga ko‘ra, Twitter Roskomnadzor o‘chirishni talab qilgan 3168ta taqiqlangan ma’lumotni, shu jumladan, 2569ta «voyaga yetmaganlarni o‘zini o‘zi o‘ldirishga chaqiruvchi», 450ta bolalar pornografiyasi bor, 149ta giyohvand moddalar haqidagi ma’lumotni o‘chirib tashlamagan.

Kiritildi: 22:49 17.03.2021. O'qildi: 2936 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!