Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Kanadaning AQSh tarkibiga kirishi imkoniyatlari haqida fikr bildirdi.
"Kanadaning Qo‘shma Shtatlar tarkibiga kirishi uchun zarracha imkoniyat yo‘q ", dedi Kanada Bosh vaziri.
Shu bilan birga, Jastin Tryudoning fikricha, AQSh va Kanada xalqi savdo va xavfsizlik sohasida bir-birining eng yirik hamkori ekanidan katta foyda ko‘radi.