Rossiyada birinchi farzand tug‘ilganda ota-onalarga foizsiz ipoteka berish taklif qilinmoqda. Har bir keyingi farzand tug‘ilishi bilan qarz qisman yopib boriladi: ikkinchi bola uchun — 25 foiz, uchinchiga — yana 25 foiz, to‘rtinchi farzanddan so‘ng esa qolgan qarzni davlat to‘liq to‘lab beradi.
Ushbu chora tug‘ilish darajasini oshirishga qaratilgan, deb ta’kidlayapti mualliflar.