Qirg‘oqdan ajralib qolgan baliqchilar Lesnoye qishlog‘i yaqinida, sohildan taxminan 700 metr uzoqlikda joylashgan.
Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari muzlagan suv yuzasida qolib ketgan 200 kishini qutqarish uchun shoshilinch operasiya boshladi.
Xabarlarga ko‘ra, Saxalin viloyatidagi baliqchilar Oxota dengizidagi muzlagan suv yuzasida qolishgan.
Ular Lesnoye qishlog‘i yaqinida, qirg‘oqdan taxminan 700 metr uzoqlikda joylashgan deb taxmin qilinmoqda.
Qutqaruv operasiyasida Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligining 11 nafar mutaxassisi va 6 ta maxsus texnikasi, shu jumladan "Xivus" havo yostiqli kemasi ishtirok etmoqda.
28 fevral kuni kechqurun muzning har ikki tomonida yoriq paydo bo‘la boshladi, shundan so‘ng u mayda bo‘laklarga ajralib ketdi.
Muz ustidagi baliqchilarning katta qismi qo‘lbola vositalar - chanalar va qorli transport vositalari yordamida mustaqil ravishda qirg‘oqqa yetib olishga muvaffaq bo‘lishdi.
Biroq, ko‘pchilik vaqtida yetib kelmadi va singan muz ustida qolib, boshqa yo‘llar topishga urinmoqda.
Baliqchilar muzning parchalanishi boshlanishi haqida signal miltiqidan otilgan raketa bilan ogohlantirildi, ammo hamma ham darhol e’tibor bermadi.
Guvohlarning aytishicha, ko‘pchilik o‘z o‘rindiqlarda o‘tirgan holda qolishni va tutgan baliqlarini tashlashni rad etishgan.
Hozirda voqea joyida Saxalin viloyati Favqulodda vaziyatlar vazirligi Polyakov qidiruv-qutqaruv guruhi va GIMS mutaxassislari faoliyat olib bormoqda.
Vaziyat hamon keskinligicha qolmoqda, qutqaruv ishlari davom etmoqda.
Xuddi shunday holat 12 fevral kuni ham Saxalinda sodir bo‘lgan edi. O‘shanda 139 kishi muz parchasidan evakuasiya qilingan.
Ularning bir qismi Mi-8 vertolyoti yordamida, qolganlari esa "Xivus" havo yostig‘ida olib ketilgan.