"INFOLine" konsalting kompaniyasi asoschisi Ivan Fedyakovning Forbes nashriga ma’lum qilishicha, 2025 yil boshidan 2026 yilgacha Moskvada savdo nuqtalari 87 mingdan 82,5 minggacha, Sankt-Peterburgda esa 44 mingdan 42,2 minggacha qisqargan.
Mutaxassisning ta’kidlashicha, butun mamlakat bo‘ylab vaziyat poytaxtdagidan yaxshi emas. Bu nafaqat oziq-ovqat do‘konlari yoki savdo nuqtalariga, balki aloqa shaxobchalari va kiyim-kechak do‘konlariga ham tegishli.
Xususan, 2025 yilda Rossiyada kiyim-kechak do‘konlarining 12 foizi yopilgan. Yirik oziq-ovqat tarmoqlari esa o‘tgan yilning yanvar-sentyabr oylarida 5300 ta yangi nuqta ochgan, bu avvalgi yilga nisbatan 30 foizga kamdir.