Bugun 18 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Rossiyada saratonga qarshi vaksinadan foydalanish 2025 yilda boshlanadi

A A A
Rossiyada saratonga qarshi vaksinadan foydalanish 2025 yilda boshlanadi

Rossiyalik mutaxassislar saratonga qarshi vaksinaning uch yillik tadqiqot siklini yakunladi. Yanvar oyida foydalanishga ruxsatnoma beriladi, Federal mikro-biologik agentlik 2025 yilda undan foydanalanshni boshlaydi - dedi Gamaleya nomidagi epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy markazi direktori Aleksandr Ginzburg.

Biroz oldin Ginzburg RIA Novostiga saratonga qarshi vaksina individual bo‘lishini, ya’ni har bir bemor uchun alohida ishlab chiqilishini ma’lum qilgan edi. Vaksina sun’iy intellekt yordamida yaratiladi, u dastlab o‘simta parametrlarini tahlil qiladi va bo‘lajak dorining “loyihasini” ishlab chiqaradi. Shundan so‘ng mutaxassislar bir hafta ichida individual vaksina tayyorlaydi.

25 noyabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiyaning onkologiyaga qarshi vaksinalari yaratilishi ulkan yutuq bo‘lishini aytgan edi.

Kiritildi: 16:02 28.11.2024. O'qildi: 1692 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!