Chita shahrida (Zabaykal o‘lkasi, Rossiya) An-2 samolyotining qattiq qo‘nishi oqibatida sakkiz kishi jarohat oldi, ulardan ikki nafarining ahvoli og‘ir.
Bu haqda viloyat sog‘liqni saqlash vaziri Oksana Nemakina ma’lum qildi.
"Jarohatlanganlar viloyat klinik shifoxonasiga yotqizildi. Jami sakkiz kishi, dastlabki ekspertizaga ko‘ra, ikki nafarining ahvoli og‘ir", - deydi u.
Vazirning qo‘shimcha qilishicha, yaqin soatlarda shifokorlar barcha jarohatlanganlarni ko‘rikdan o‘tkazishadi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligining Zabaykal o‘lkasi bo‘yicha bosh boshqarmasi matbuot xizmati avvalroq An-2 samolyoti Chita tumanida qiyin qo‘nishni amalga oshirgani haqida xabar bergan edi. DOSAAF yengil samolyoti havoga ko‘tarilganidan 16 daqiqa o‘tib "Topograf" SNT yaqiniga qo‘ndi. Samolyot bortida 10 nafar parashyutchi va 1 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan.