Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Rossiyada qarovsiz qolgan to‘rt nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi

Rossiyada qarovsiz qolgan to‘rt nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida ota-ona qaramog‘isiz qolgan to‘rt nafar voyaga yetmagan bola O‘zbekiston qaytarildi.

Bu haqda "Dunyo" AA xabar berdi.

Qayd etilishicha, bolalar ota-onasi bilan Rossiyaga borgan. Ammo bolalarning ota-onalari Rossiya hududida bo‘lib turish qoidalarini buzgani sababli deportasiya qilish uchun vaqtincha saqlash markaziga joylashtirilgan. Voyaga yetmagan to‘rt nafar yurtdoshimiz yaqin tanishlari bilan qolgan.

O‘zbekistonlik diplomatlar zudlik bilan voyaga yetmagan hamyurtlarimizning manzilini aniqladi. Shuningdek, ularning Vatanga qaytishiga amaliy yordam ko‘rsatildi.

Kiritildi: 14:21 15.02.2025. O'qildi: 1380 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!