Moskva vaqti bilan 19:05 dan 20:20 gacha navbatchi havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlari Kursk, Oryol va Bryansk viloyatlari uzra 15 ta Ukraina dronlarini yo‘q qildi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.
"Joriy yilning 16 mart kuni Moskva vaqti bilan soat 19:05 dan 20:20 gacha navbatchi havo hujumidan mudofaa tizimlari Ukrainaning 15 ta dronlarini yo‘q qildi: Kursk viloyati hududida to‘qqizta, Orel viloyati hududida beshta va Bryansk viloyati hududida bitta dron yo‘q qilindi”, — deyiladi xabarda.