Bugun 9 yanvar, 2025 yil, payshanba

КИР

Rossiyada muhojirlarning turmush qurishi qiyinlashtirilmoqda

Rossiyada muhojirlarning turmush qurishi qiyinlashtirilmoqda

Rossiya FHDYo xodimlari agar xorijlik kelin yoki kuyov nazorat ostidagi shaxslar reestriga kiritilgan bo‘lsa, nikohni ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etishlari mumkin.

Bu haqda Rossiya Federasiyasi Adliya vazirligi buyrug‘iga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Ichki ishlar vazirligining yangi qoidalari 2025 yil 5 fevraldan kuchga kiradi. Endilikda FHDYo xodimi xorijlik yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning nazorat qilinadigan fuqarolar ro‘yxatida mavjudligini tekshirishi mumkin bo‘ladi. Ushbu ro‘yxatda bo‘lish nikohni ro‘yxatga olishni rad etish uchun asos hisoblanadi.

"Rossiya Federasiyasidagi xorijiy fuqarolarning huquqiy holati to‘g‘risida" Federal qonunining yangi normalariga muvofiq, Rossiyada qolish uchun qonuniy asosga ega bo‘lmagan chet elliklar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga chiqarib yuborish tartibi qo‘llaniladi. Ular nazorat qilinadigan shaxslar reestriga kiritiladi.

Kiritildi: 00:30 08.01.2025. O'qildi: 833 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!