Bugun 27 fevral, 2026 yil, juma

КИР

Rossiyada joriy yil 1 apreldan Telegram to‘liq bloklanishi mumkin

Rossiyada joriy yil 1 apreldan Telegram to‘liq bloklanishi mumkin

Bu haqda “RBK” va The Bell nashrlari o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.

“RBK”ning Kremlga yaqin manbalari bloklash bo‘yicha qaror yakuniy ekanini bildirgan. The Bell'ning Rossiya mobil operatorlaridan biridagi manbasi 1 apreldan Telegram’ni bloklash bo‘yicha “dastlabki qaror” qabul qilingani aytgan.

Baza ma’lumotiga ko‘ra, bloklash “Rossiyaning butun hududida” amal qiladi. “RBK” maqolasida yozilishicha, aprelga borib Telegram faqat front hududida ishlaydi. Rossiya harbiylari ushbu messenjer orqali jangovar harakatlar zonasida muvofiqlashtirish olib boradi, garchi Kreml buni tan olmasa ham. Rossiya Federal xavfsizlik xizmati esa ma’lumotlar Ukraina maxsus xizmatlari tomonidan qo‘lga olinishi xavfi haqida ogohlantirgan.

Kiritildi: Bugun 13:03. O'qildi: 369 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!