Bugun 14 mart, 2025 yil, juma

КИР

Rossiyada innovasion dori vositalarini ishlab chiqish markazi tashkil etildi

Rossiyada innovasion dori vositalarini ishlab chiqish markazi tashkil etildi

Rossiyada matrisali ribonuklein kislotasi (mRNK) texnologiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy-texnologik markaz yaratildi, ular asosida innovasion preparatlar, jumladan, onkologik kasalliklarni davolash uchun ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda.

Rossiya hukumati matbuot xizmati xabar berishicha, tegishli buyruqni Rossiya hukumati rahbari M. Mishustin imzolagan.

Markaz yuridik shaxs emas, konsorsium shaklida faoliyat yuritadi. Uning tarkibiga 17 ta ilmiy tashkilot kiradi. Shu jumladan, N. N. Bloxin nomidagi Milliy tibbiy onkologiya ilmiy markazi, I. M. Sechenov nomidagi Moskva davlat tibbiyot universiteti, M. P. Chumakov nomidagi Immunobiologik preparatlarni tadqiq qilish va ishlab chiqish federal ilmiy markazi va boshqalar.

N. F. Gamaleya nomidagi Milliy Epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy-tadqiqot markazi yangi markazning yetakchi ilmiy tashkiloti hisoblanadi.

Markaz turli kasalliklarni, jumladan, og‘ir kasalliklarni davolash va oldini olish uchun mRNK texnologiyalari asosida innovasion dori vositalarini yaratish va ishlab chiqarish yo‘nalishini kompleks rivojlantirishni ta’minlaydi.

Ilgari mRNK asosida innovasion dori vositalari ishlab chiqarishni yaratish maqsadida asbob-uskunalar xarid qilish uchun hukumat zaxira fondidan qariyb 600 million rubl (3 milliard 144 million tenge) ajratilgan edi.

Kiritildi: 16:45 05.02.2025. O'qildi: 1170 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!