Rossiyada ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni faqat 16 yoshdan boshlab ruxsat etish taklifi ilgari surildi. Tashabbuskor Rossiya jamoatchilik palatasiga ko‘ra, bu chora bolalar va o‘smirlarni zararli axborotlar, kiberbulling hamda ruhiy bosimdan himoya qilishga qaratilgan.
Qayd etilishicha, so‘nggi yillarda ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalayotgan salbiy kontent, tajovuzkorlik va manipulyasiya holatlari o‘smirlar salomatligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Shu sababli, mutaxassislar yosh cheklovini joriy etish orqali nazoratni kuchaytirishni taklif qilmoqda.