Rossiyaning Leningrad viloyati Sertolovo shahridagi harbiy polisiya binosida sodir bo‘lgan portlash oqibatida uch kishi halok bo‘ldi.
Bu haqda viloyat gubernatori Aleksandr Drozdenko o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
"Sertolovodagi harbiy qismning ma’muriy binosi qulagan joyda vayronalarni tozalash ishlari olib borilgandan so‘ng, uch kishining jasadi topildi", deb yozgan u.
Gubernator voqea joyida maxsus texnika ishlayotganini va tergov davom etayotganini ta’kidladi.
Portlash 17 fevral kuni tushdan keyin harbiy qism hududidagi harbiy polisiya binosining uchinchi qavatida sodir bo‘lgan. Portlash to‘lqini binoning ikkinchi va uchinchi qavatlarini, shuningdek, chordoqni qisman qulatdi. Vayronalar ostida yana to‘rt kishi qolib ketishi mumkin.