Rossiyada gripp A bilan og‘rib chiqqan fuqarolar orasida ko‘rishning keskin yomonlashishi holatlari kuzatilmoqda. Bemorlar ko‘z oldida tuman paydo bo‘lishi, tasvirning xiralashishi va ikkilanib ko‘rinishidan shikoyat qilmoqda.
Shifokorlar ta’kidlashicha, asoratlar kasallikdan 3–5 kun o‘tib, yoki hatto 1–3 haftadan keyin ham yuzaga chiqishi mumkin. Ayrim hollarda ko‘rish kasallik davomidayoq yomonlashadi.
Xususan, 24 yoshli moskvalik ayol avval ko‘rishi muammosiz bo‘lganini, ammo kasallikdan so‘ng atrof-muhitni «sovunli oyna ortidan ko‘rgandek» ko‘ra boshlaganini aytgan.
Tibbiyot xodimlari grippdan keyin paydo bo‘ladigan bunday alomatlarga jiddiy e’tibor berishga chaqirmoqda.