Bugun 14 may, 2026 yil, payshanba

КИР

Rossiyada futbol o‘yini otishma bilan yakunlandi

A A A
Rossiyada futbol o‘yini otishma bilan yakunlandi

Rossiyaning Krasnoyarsk shahrida futbol turniri o‘tkazilayotgan vaqt o‘yinni kuzatib o‘tirgan muxlis 17 yoshli futbolchini otib tashladi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

Ma’lumotga ko‘ra, voqea maktab jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tayotgan turnir vaqtida, "Izumrud" sport saroyida sodir bo‘lgan.

Ta’kidlanishicha, o‘yin davomida futbolchilardan birining otasi raqib jamoaga baqirib, qo‘pol so‘zlarni so‘zlay boshlagan. Shundan so‘ng, o‘zini boshqara olmay to‘pponchadan o‘q uzadi.

O‘yinchilardan birining so‘zariga ko‘ra, o‘q jamoadoshlarining yelkasiga qarata travmatik to‘pponcha orqali uzilgan.

Shuningdek, sport majmuasi xodimlaridan biri holatga quyidagicha izoh bildirgan.

"Bu o‘yin vaqtidagi his-tuyg‘ularni boshqara olmaslik deb bilaman. Bizda bunday holat birinchi marta sodir bo‘lmoqda, ilgari hech qachon bu vaziyatga uchramaganmiz. Lekin ular to‘pponcha ichida o‘qotar qurol emas, rezina o‘qlar bo‘lgan, deyishadi. Biz o‘zimiz ham hali ko‘p narsani bilmaymiz", - deydi u.

Xabarga ko‘ra, o‘smir jiddiy jarohat olmagan – u kasalxonaga yetkazilgan va tez orada uyiga jo‘natilgan.

Kiritildi: 22:40 07.11.2021. O'qildi: 6733 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!