Bugun 15 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Rossiyada alkogol sotish taqiqlanmoqda

A A A
Rossiyada alkogol sotish taqiqlanmoqda

May oyining boshida Kurgan viloyatida spirtli ichimliklar savdosi taqiqlanadi. Bu haqda mintaqaviy tezkor shtab xabar berdi, deb yozadi URA.RU agentligi.

Spirtli ichimliklar, shu jumladan, pivo 30 apreldan 10 maygacha mavjud bo‘lmaydi. Alkogol, shuningdek, kafe va boshqa ovqatlanish joylarida sotilmaydi. Bundan tashqari, ko‘rsatilgan muddat davomida yonuvchi moddalarni sotishga cheklovlar joriy etiladi.

Aprel oyining boshlarida Rossiyaning bir qator viloyatlari rasmiylari spirtli ichimliklarni sotishni cheklashgandi.

26 aprel holatiga ko‘ra, Kurgan viloyatida 29 ta koronavirus infeksiyasi aniqlandi, to‘rt kishi tuzaldi, o‘lganlar yo‘q.

Umuman olganda, Rossiyada 80 mingdan ortiq kasallik yuqtirilgan, o‘tgan kun davomida olti mingdan ortiq kasallik aniqlangan.

Kiritildi: 16:25 26.04.2020. O'qildi: 3818 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!