Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Rossiyada 25 yashar o‘zbekistonlik yigit nogiron qizni zo‘rladi

Rossiyada 25 yashar o‘zbekistonlik yigit nogiron qizni zo‘rladi

Sankt-Peterburgda taksi chaqirgan nogiron qiz zo‘rlangan. Bu haqda «Fontanka» xabar tarqatdi.

Ma’lumotga ko‘ra, 28 yoshli nogironlar aravachasiga mixlangan qiz 10 noyabr kuni polisiyaga murojaat qilgan. Uning aytishicha, kechqurun soat 1 da Gorelovo posyolkasidagi uyiga taksi chaqirgan, taksi kelgach esa ketmaslikka qaror qilgan. 

«Fontanka»ning yozishicha, haydovchi buning sababini tushuntirishni talab qilgan, qizni mashinaga o‘tqazib, aravachani bagajga tashlagan. Ayni shu paytda kirakashning qizni zo‘rlab, 900 rublini tortib olgani, keyin esa chaqiruvni bekor qilgani uchun 5000 rubl talab qilgani aytilmoqda. Yigit qizni kvartirasiga kuzatib qo‘ygan, uydan kerakli summani olgan va ketgan.

Kechqurun polisiya taksi haydovchisini Avangard ko‘chasida qo‘lga oldi.  U 25 yashar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lib chiqdi. Unga qarshi Rossiya Federasiyasi Jinoyat kodeksining 162-moddasi ("Talonchilik") va 132-moddasi ("Jinsiy xarakterdagi zo‘ravonlik harakatlari") bo‘yicha ish qo‘zg‘atildi.

Kiritildi: 17:49 11.11.2019. O'qildi: 6619 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!