Bugun 5 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Rossiyada 1,5 yoshli qizini qiynoqqa solib o‘limiga sabab bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol 4 yilga qamaldi

Rossiyada 1,5 yoshli qizini qiynoqqa solib o‘limiga sabab bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol 4 yilga qamaldi

Joriy yilning yanvar oyida o‘zbekistonliklar Rossiyada o‘z voyaga yetmagan farzandini o‘ldirib, dafn etgani haqida xabarlar tarqalgandi. Ayol Andijon viloyatida tug‘ilgan 28 yoshli fuqaro bo‘lib, u turmush o‘rtog‘i bilan 2016 yildan beri Novosibirskda yashagan.

Sud bir yarim yoshli qizini qiynoqqa solishda ayblanib, uning o‘limiga sabab bo‘lgan o‘zbekistonlik ayolga nisbatan hukm chiqardi. Tergov va sud versiyasiga ko‘ra, ayol 2021 yilning iyunidan avgustigacha bo‘lgan davrda bir yarim yoshli qiziga hatto ahamiyatsiz sabablarga ko‘ra ham bo‘ysunmagani uchun kaltaklash orqali muntazam ravishda jismoniy va ma’naviy azob bergan. 2021 yil avgust oyida qizcha vafot etgan, ona esa tibbiyot muassasalariga murojaat qilmasdan, qizini tomorqaga o‘zi ko‘mgan.

Sud unga 4 yillik qamoq jazosi tayinladi.

Kiritildi: 15:31 04.12.2024. O'qildi: 765 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!