Ukraina poytaxti Kiyevning bir qancha tumanlarida elektr ta’minoti uzilib qolgan.
Bu haqda "RBK-Ukraina" nashri xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiya Ukraina poytaxtiga bir nechta ballistik raketa va dronlarni uchirdi. Shahar meri Vitaliy Klichko avvalroq uzilishlar ehtimoli haqida ogohlantirgan edi.
"Poytaxtda elektr va suv ta’minotida uzilishlar bo‘lishi mumkin. Barcha xizmatlar ishlamoqda, vaziyatni kuzatmoqda va javob berishga tayyor", — deb yozadi u.
Keyinroq merning aniqlik kiritishicha, Kiyevda qo‘shma zarbalar natijasida besh kishi jarohatlangan. "Hozirda poytaxtda besh nafar yarador bor. Bir ayol kasalxonaga yotqizilgan, qolganlarning barchasiga voqea joyida tibbiy yordam ko‘rsatilgan", deb yozdi Klichko.