Bir kecha-kunduzda Rossiya havo hujumlari natijasida 1 milliondan ortiq ukrainalik elektr energiyasiz qoldi, dedi payshanba kuni mintaqa rasmiylari.
«Hozirgi vaqtda [Lvov viloyatida] 523 ming abonent elektr ta’minotidan mahrum», dedi viloyat rahbari Maksim Kozitskiy ijtimoiy tarmoqdagi postida.
Ayni paytda, shimoli-g‘arbiy Rivne viloyatida 280 mingdan ortiq xonadon elektr ta’minotisiz qolgan, dedi viloyat rahbari Aleksandr Koval. Rivnedagi ba’zi maktablarga masofadan turib o‘qish buyurildi.
Ma’muriyat rahbari Ivan Rudnitskiyning so‘zlariga ko‘ra, 215 ming xonadonda elektr energiyasi yo‘q.
Ukraina prezidenti devonining rahbari Andrey Yermakning ta’kidlashicha, Rossiya sovuq mavsumda Ukraina infratuzilmasiga zarba berish uchun raketalar zaxirasini to‘plagan.
«Ularga aqldan ozgan ittifoqchilar tomonidan, jumladan, Shimoliy Koreyadan yordam beriladi», — deb yozdi u Telegram’da.