Bugun 16 noyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Rossiya Zaporojye viloyatidagi Yablokovo qishlog‘ini nazoratga olganini ma’lum qildi

Rossiya Zaporojye viloyatidagi Yablokovo qishlog‘ini nazoratga olganini ma’lum qildi

Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina Zaporojye viloyatidagi Yablokovo qishlog‘i Rossiya nazoratiga o‘tganini e’lon qildi. Matbuot-relizda aytilishiga ko‘ra, qishloq “Vostok” harbiy guruhi bo‘linmasi tomonidan faol harakatlar natijasida nazoratga olingan.

Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berishicha, Qurolli Kuchlar guruhlarining aviasiya, zarba beruvchi dronlar, raketa va artilleriya vositalari Ukraina harbiy infratuzilmasi ob’ektlariga zarba yetkazgan. Shu bilan birga, Ukraina Bosh razvedka boshqarmasi hamda 152 tumanda joylashgan Ukraina qo‘rolli kuchlari va xorijiy yollanma askarlarning vaqtincha punktlariga ham ta’sir ko‘rsatilgan.

Vazirlik, shuningdek, havo hujumidan mudofaa tizimlari tomonidan to‘rta boshqariladigan havo bombasi va 247 ta dron urilganini qo‘shimcha qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Ukraina odatda Rossiya tomonidan berilayotgan ma’lumotlarni tasdiqlamaydi.

Kiritildi: 15:54 15.11.2025. O'qildi: 578 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!